Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor» murabbiyi 38 yoshida vafot etdi
«Bunyodkor» futbol akademiyasida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchi Akmal Risqullayev vafot etdi. Bu haqda toshkentliklar rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
Risqullayev «Bunyodkor» futbol akademiyasida 2008-2009 yillarda tug‘ilgan bolalarga murabbiylik qilib kelayotgandi.

38 yoshda bo‘lgan (1979 yilda tug‘ilgan) Akmal Risqullayev «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyati davomida Risqullayev Toshkentning «Traktor», Namanganning «Navbahor», G‘o‘zorning «Sho‘rtan», Toshkentning «Lokomotiv», Samarqandning «Dinamo», Navoiyning «Qizilqum» va Qozog‘istonning «Yassi-Sayram» jamoalarida to‘p surgandi.
Mavzuga oid
21:36 / 07.05.2026
“Hamma bo‘ynigacha qarz” – “Bunyodkor”da yuzlab ishchilar ofsaydga tushib qoldi
12:23 / 24.04.2026
«Bunyodkor» va Rivaldo mojarosi. Qarzni kim to‘laydi?
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
18:15 / 16.04.2026