Eron zilzilasi qurbonlari 170 nafarga yaqinlashdi
Eron va Iroq chegara hududida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning soni 168 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda PressTV. Qurbonlarning aksari eronliklardir.
12 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni kechki 09:18 da sodir bo‘lgan tabiiy ofat episentri Iroq Kurdistonining Halabja shahridan 32 km janubda joylashgan.
Ammo eng ko‘p talofat Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Sarpuli Zahob tumaniga yetgan. Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Qosim Jon Boboiyning aytishicha, shu vaqtga qadar 164 nafar eronlik halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yana 1568 kishi jabrlangan.
Eron milliy tabiiy ofatlarni boshqarish tashkilotiga ko‘ra, Kirmonshoh viloyatida elektr energiyasidan uzilish hollari kuzatilgan.
Yer silkinishi, shuningdek, Eronning Kurdiston, Ilom, Xuziston, Hamadon, G‘arbiy Ozarboyjon, Sharqiy Ozarboyjon, Luriston, Qazvin, Zanjon va Qum viloyatlarida ham ro‘y bergan. Bundan tashqari, Turkiya, Kuvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahrayn kabi mamlakatlarning ayrim hududlarida ham sezilgan.
Biroq asosiy talofat Eron va Iroqqa yetgan. Iroqning Darbandixon tumani tabiiy ofatdan jiddiy zarar ko‘rgani aytilmoqda. Iroq Kurdistoni sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, 30 kishi jabrlangan. 4 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
12:40 / 15.11.2024
Navoiyda salkam 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi
00:51 / 15.11.2024