Jamiyat | 08:55 / 14.11.2017
9549
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon'dan kutilmagan qadam - «Uzuklar hukmdori» seriali taqdim etiladi

Amazon kompaniyasining ma'lum qilishicha, britaniyalik yozuvchi Jon Ronald Ruel Tolkinning «Uzuklar hukmdori» kitobini ekranlashtirish uchun huquqlarni sotib oldi. Tegishli bayonot kompaniya rasmiy saytida e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, serialda «Uzuklar birodarligi» hodisalaridan avvalgi qator yangi syujyet liniyalari taqdim etiladi.

«Amazon Studios jamoasida g‘aroyib g‘oyalar bor – ekranga Tolkinning asl asari mavzusi bo‘yicha avval tadqiq qilinmagan voqealarni olib chiqish», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Warner Bros. kinokonserni hamda Tolkien Estate kompaniyasi Amazon Studios prodyuserlik kompaniyasi bilan «Uzuklar hukmdori» mavzusida serial ishlab chiqarish haqida muzokaralar boshlagani ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid