Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ro‘ziqul Berdiyev mag‘lubiyat bilan boshladi
Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Al-Ayn shahridagi «Hazza bin Zayd» stadionida BAA terma jamoasi bilan o‘rtoqlik bahsini o‘tkazdi.
Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ushbu o‘yinga mahalliy futbolchilarni jalb qilgandi. Asosiy tarkibda o‘ynagan mezbonlar o‘yinda kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinning 15-daqiqasida Ali Mabhut tomonidan urilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Ro‘ziqul Berdiyev bosh murabbiyligidagi ilk o‘yinda yutqazdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
BAA - O‘zbekiston 1:0
Gol: Ali Mabxut 15, - 1:0.
BAA: Xolid Iso, Muhannad Salim (Muhammad Fayoz, 37), Ismoil Ahmad, Xalifa Muborak, Muhammad Favzi, Mahmud Xamis, Amir Abdurrahmon, Xamis Ismoil, Umar Abdurrahmon, Ali Mabxut, Salim Saloh Musallam.
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov - Vladimir Kozak, Rustam Ashurmatov (Islom To‘xtaxo‘jayev, 46), Sherzod A'zamov - Akrom Komilov (Farrux Sayfiyev, 46), Odiljon Hamrobekov (Azizjon G‘aniyev, 46), Otabek Shukurov, Akmal Shorahmedov (Shuhrat Muhammadiyev, 50) - Bahrom Abdurahimov (Ivan Nagayev, 72), Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev (Dostonbek Hamdamov, 46).
Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 24, Xalifa Muborak 37.
Mavzuga oid
20:53 / 28.10.2025
O‘FA «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev so‘zlari yuzasidan surishtiruv o‘tkazadi
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
00:21 / 21.04.2023
Ro‘ziqul Berdiyev va «Bunyodkor» sardori 5 o‘yinga chetlatildi, klublar, janjalga sababchi bo‘lgan o‘yinchilarga chora ko‘rildi – O‘FA
13:00 / 12.11.2022