Röziqul Berdiyev mavsumning eng yaxşi murabbiyi deb topildi. 53 yoşli mutaxassis yakunlangan mavsumda «Nasaf» bilan ilk bor mamlakat çempionligini qölga kiritdi. 

Çempion jamoa a’zosi Akmal Mozgovoy esa eng yaxşi futbolçi deb e’tirof etildi. 24 yoşli yarimhimoyaçi yakunlangan mavsumda 23 öyinda 4 gol va 1 assistni öz hisobiga yozdirib qöydi. Akmalning «Lokomotiv» (1:0) darvozasiga qayçi uslubida urgan goli Qarşi klubiga ilk çempionlikni keltirdi.

Barça nominatsiyalar ğoliblari:
Eng yaxşi futbolçi — Akmal Mozgovoy («Nasaf») 
Eng yaxşi murabbiy — Röziqul Berdiyev («Nasaf») 
Eng yaxşi yoş öyinçi — Abduğofur Haydarov («Surxon») 

Eng yaxşi legioner — Vladimir Yovoviç («Söğdiyona») 
Mavsum kaşfiyoti — Anvarjon Hojimirzayev («Dinamo») 

Mavsum töpurari — Dragan Çeran («Paxtakor») 
Eng çiroyli gol muallifi — Marko Miliçkoviç («Metallurg») 
Eng yaxşi hakam — Şavkat Nasibullayev
Fair Play sovrini — OKMK klubi