Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharof Rashidov tumanida firibgar qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida Sh.Rashidov tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2017 yil 13 noyabr kuni tuman IIBga, Kuyovboshi mahallasida istiqomat qiluvchi, nafaqaxo‘r, 1959 yilda tug‘ilgan G‘.B. va boshqalar ariza bilan murojaat qilishib, arizalarida 2016 yilning dekabr oyida tuman elektr tarmoqlari korxonasi nazoratchisi, Gandumtosh MFY, Forish ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan A.D. elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligini yopib, qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma to‘g‘rilab berishni va'da qilib, 1.500.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.D.ga nisbatan Sharof Rashidov tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
09:32 / 06.04.2026
Jizzaxda kuchli yomg‘irdan keyin sel kuzatildi
08:39 / 18.03.2026
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0
18:06 / 17.03.2026
Jizzax va Andijonda YPX xodimlari qo‘lga olindi
17:47 / 17.03.2026