Jahon | 19:00 / 15.11.2017
30943
2 daqiqa o‘qiladi

«Dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar» - Mugabedan qolgan «meros» 

Foto: AP

Zimbabve prezidenti Robert Mugabening «zamonaviy dunyodagi eng shafqatsiz mustabid rahbar sifatidagi» merosi mamlakat tarixida uzoq muddatga chuqur iz qoldiradi, deb yozmoqda Telegraph gazetasi.

Nashrning ta'kidlashicha, mamlakatdagi keskinlik prezidentning rafiqasi Greys Mugabe yaqinda o‘z vazifasidan chetlatilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagvaning o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgach yanada kuchaydi.

«Greys Mugabe mamlakatda katta hurmatga ega emas, bu davlat iqtisodiyoti falaj holatda bo‘lgani holda, uning xarajatlari borgan sari ortib borgani bilan bog‘liq», - deya yozadi nashr.

Ko‘p holatlarda «oq» fermerlarni – mamlakat qishloq xo‘jaligi o‘sishini ta'minlovchi asosni – o‘z yerlarini tark etishga majbur qilishgan, unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga kelgan, bu esa Zimbabveda oziq-ovqatning o‘tkir yetishmovchiligi hamda iqtisodiyotning pastga «qulashi»ga olib kelgan.

Gazetaning ta'kidlashicha, Mugabe davrida oddiy zimbabveliklar «milliarder»larga aylanishdi, biroq bu ochlik va yoqilg‘i uchun mablag‘ topa olmaydiganlar bilan yuz berdi, sababi ularning pullari juda katta inflyatsiya tufayli qadrsizlanib ketdi: natijada, non kabi oddiy mahsulotlar ham bir necha million zimbabve dollariga sotilgan. Hukumat Zimbabve valyutasidan voz kechib, savdoning asosiy vositasi sifatida AQSh dollarini qo‘llay boshlaganidagina inflyatsiya nazoratga olindi.

Mavzuga oid