Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yedinak o‘z het-trigi bilan Avstraliyani jahon chempionatiga olib chiqdi
Foto: Reuters
2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JChga yo‘llanma beruvchi qit'alararo pley-offning yana biri nihoyasiga yetdi. Unda Avstraliya terma jamoasi Hondurasga qarshi maydonga tushdi.
Osiyo mintaqasida o‘tish o‘yinida Tim Keyhillning dubli evaziga Suriya to‘sig‘idan o‘tgan «sokkeruzlar» bu safar boshqa bir yetakchi Mile Yedinak ko‘magida asl vazifani uddalashdi. «Aston Villa»ning 33 yoshli yarimhimoyachisi tomonidan kiritilgan 3 gol avstraliyaliklarga navbatdagi mundial yo‘llanmasini taqdim etdi.
Qit'alararo pley-off
Javob uchrashuvi
Avstraliya – Honduras 3:1 (0:0)
Gollar: Yedinak (53, 72, penalti, 85, penalti) — Figeroa (90+4)
Avstraliya: Rayan, Bexich, Rayt, Seynsberi, Milligan (Troysi, 89), Muy, Yedinak, Lekki, Rogich (Kruz, 77), Keyxill (Yurich, 66), Jyerman.
Honduras: Eskober, Figeroa, Palasios, Isagirre (Figeroa, 42; Martines, 73), Alvarado, Akosta, Klaros, Bekeles, Losano, Elis, Kioto (Ernandes, 75).
Ogohlantirishlar: Jyerman (3), Figeroa (19), Muy (45), Klaros (57), Lekki (81), Palasios (84), Seynsberi (88).
Dastlabki uchrashuv – 0:0
Mavzuga oid
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi
13:32 / 10.03.2026
Eron ayollar jamoasi futbolchilari Osiyo kubogida madhiyani kuylamadi. Ularni «xoin»ga chiqarishdi
10:18 / 25.02.2026