Jamiyat | 09:40 / 15.11.2017
5018
1 daqiqa o‘qiladi

“Neksiya”dan narsalarni o‘marib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

2017 yilning 12 noyabr kuni taxminan soat 00:30larda, Sh.E. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida, fuqaro F.O.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashina eshigi ochiqligidan foydalanib, uning salonidan moddiy qimmatliklarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan jinoyat joyida ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid