Jahon | 19:30 / 15.11.2017
10725
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasiga Lamborghini hadya qilishdi

Foto: AFP

Rim papasi Frantsiskka Lamborghini sport avtomobilining noyob nusxasi hadya qilindi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Oq avtomobil xuddi pontifikning libosi kabi tilla bilan bezatilgan.

Frantsisk sovg‘adan bosh tortdi hamda superkar auksionda sotiladigan bo‘ldi, olingan mablag‘lar esa xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Rim papasi mashinaning kapotida dastxat qoldirdi hamda uni «kim oshdi» savdosi uyiga topshirdi.

Kutilishicha, maxsus ishlab chiqarilgan sport avtomobili Italiyadagi chakana narxidan ko‘ra (200 ming yevro) ancha qimmatroqqa sotiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid