O‘zbekiston | 23:52 / 15.11.2017
13173
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMT reytingida jadal "raqamlashayotgan" mamlakat deb topildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linmasi hisoblangan Xalqaro elektraloqa ittifoqi an'anaviy ravishda mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga oid yillik reytingni e'lon qiladi. Mazkur reytingni shakllantirishda 3 ta bosh mezonlar guruhiga e'tibor qaratiladi: AKT infratuzilmasi, undan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda aholining AKT-savodxonlik darajasi. Bu haqda  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

 Tunis Respublikasida o‘tayotgan Butunjahon telekommunikatsiya/AKT ko‘rsatkichlari 15-simpoziumi doirasida 15 noyabr kuni jahon mamlakatlarining axborotlashtirish sohasidagi ko‘rsatkichlari o‘rin olgan yangi reyting e'lon qilindi. Unda AKT’ni rivojlantirish bo‘yicha 192 ta davlatda o‘tkazilgan o‘rganishlarning natijalari o‘rin olgan.

Xalqaro Elektraloqa ittifoqining joriy yildagi o‘rganishlariga ko‘ra O‘zbekiston AKT’ni rivojlantirish indeksida 15 o‘rin yuqoriga ko‘tarilib, 192 mamlakat orasida 95-o‘rinni egalladi.

200 ga yaqin mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ma'murlari, yirik biznesmenlar, yetakchi olim hamda ekspertlar ishtirok etgan nufuzli forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan AKT’ni jadal rivojlantirayotgan mamlakat sifatida maxsus sovrin hamda yillik ko‘rsatkichlar o‘rin olgan hisobot topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid