O‘zbekiston | 16:20 / 17.11.2017
19936
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktabgacha ta'lim muassasasiga bordi

Foto: O‘zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani 6-A maccivda barpo etilgan 18-maktabgacha ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

300 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli muassasada 3,7 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Bu yerda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Musiqa, chet tillari to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan xonalar zarur qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan jihozlangan. Xonalarni yoritishda energiya tejamkor uskunalardan foydalanilmoqda. 

Prezident maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, asosiy e'tiborni bolalarning ta'lim-tarbiyasiga, tarbiyachilarning malakasini oshirishga qaratish kerakligini ta'kidladi. 

Mavzuga oid