Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumani 6-A maccivda barpo etilgan 18-maktabgaça ta'lim muassasasida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
300 öringa möljallangan ikki qavatli muassasada 3,7 milliard sömlik quriliş-montaj işlari bajarildi. Bu yerda tarbiyaçi va tarbiyalanuvçilar uçun barça şaroit yaratilgan. Musiqa, çet tillari tögaraklari, sport maşğulotlari ötkaziladigan xonalar zarur qöllanmalar, körgazmali qurollar, zamonaviy sport buyumlari bilan jihozlangan. Xonalarni yoritişda energiya tejamkor uskunalardan foydalanilmoqda.
Prezident maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxşilaş, asosiy e'tiborni bolalarning ta'lim-tarbiyasiga, tarbiyaçilarning malakasini oşirişga qaratiş kerakligini ta'kidladi.

















