Sport | 15:45 / 17.11.2017
9611
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Pyongchangdagi Olimpiadani umuman ko‘rsatmasligi mumkin

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya telekanallari 2018 yilda Pyongchangda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarini namoyish etishdan voz kechishlari mumkin. Bu RF terma jamoasi musobaqalarga qo‘yilmasa yuz beradi, deb xabar qilmoqda «Vedomosti» gazetasi.

Bunday qarorning qabul qilinishiga rossiyalik sportchilarning bo‘lmasligi tufayli translyatsiyalar reytinglari juda pastga tushib ketishi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ma'lumot uchun, Rossiyada Olimpiya o‘yinlarini Birinchi kanal, «Rossiya 1» va «Match TV» namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid