Jahon | 15:20 / 17.11.2017
16876
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yana bir yuqori lavozimli general 10 yilga qamaldi

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Astraxan viloyatidagi Znamensk garnizon harbiy sudi Federal qo‘riqlash xizmati generali Gennadiy Lopiryovni o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi. Uni umumiy miqdori 6,3 million rubl bo‘lgan porani olish va patronlarni noqonuniy saqlashda aybdor deb topishdi.

Lopiryov sudda o‘z aybini tan olmadi, himoya sud hukmidan norozi bo‘lib shikoyat arizasi berishni rejalashtirmoqda. 

Sud Lopiryovning generallik unvonini saqlab qoldi hamda uni davlat mukofotlaridan mahrum qilmadi. Unga barcha mol-mulki qaytarib beriladi, faqat hisoblarda xatlov qilingan 6 million rubl davlat foydasiga o‘tkaziladi.

Rossiya Federal qo‘riqlash xizmatining Kavkazdagi qo‘riqlash xizmatiga rahbarlik qilgan Lopiryov 2016 yilning 25 noyabr kuni qo‘lga olindi va qamoqqa joylashtirildi. Tergov taxminiga ko‘ra, u davlat shartnomalarini imzolashda yordam ko‘rsatgani uchun poralar olgan. Turli xabarlarga ko‘ra, tintuv jarayonida Lopiryovning yonidan milliard rubl ham topilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid