Jahon | 14:30 / 17.11.2017
12526
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada noqonuniy migratsiya bilan shug‘ullangan yirik guruh ushlandi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati keng ko‘lamli noqonuniy migratsiya kanallarini tashkil qilgan guruh a'zolari qo‘lga olingani haqida xabar berdi. FXX jamoatchilik bilan aloqalar markazidan ma'lum qilishlaricha, etnik guruh Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari fuqarolaridan iborat bo‘lgan.

"RF Federal xavfsizlik xizmati IIV va Rosgvardiya bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari fuqarolaridan iborat bo‘lgan etnik uyushgan guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi. U Rossiya hududida xorijliklarning noqonuniy bo‘lishi bo‘yicha keng ko‘lamli kanallar tashkil etgan", - deya xabar berishgan markazdan.

Qo‘shma tadbirlar doirasida ofis va turar-joy inshootlarida tintuvlar o‘tkazildi, bu joylar xorijliklar tomonidan qonunga zid faoliyatni amalga oshirishda ishlatilgan.

"Soxta muhrlar va shtamplar, davlat chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risida sana-muhrlar, migratsiya kartalarining soxta blankalari, xorijiy fuqarolarning asl hujjatlari va nusxalari topildi hamda hujjatlashtirib olindi”, - deya xabar berishgan FXXdan. 

Qayd etilishicha, uyushgan guruhning 12 nafar faol a'zosi va yetakchilari qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid