O‘zbekiston | 10:20 / 17.11.2017
43146
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga bormoqda
Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida bo‘ladi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, ayni vaqtda tumanda prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilgan, ba'zi yo‘llarda avtomobillar harakati cheklangan.
Prezident tashrif davomida tumandagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechiradi, yangi qurilayotgan uy-joylar va boshqa obektlar bilan tanishadi.
Shuningdek, prezident tumandagi maktabgacha ta'lim, tibbiyot, moliya muassasalari, militsiya tayanch punkti, suv havzasini borib ko‘rishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024