Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: elektron sigaretalar yuz shaklini o‘zgartiradi
Homiladorlik vaqtida elektron sigaretalar chekish homilaning og‘iz bo‘shlig‘i va yuz shaklining tug‘ma buzilishi bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Virjiniya hamdo‘stligi universiteti olimlarining Medical Xpress portalida e'lon qilingan tadqiqot hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan.
Tadqiqot chog‘ida homila rivojlanishi insonlarnikiga o‘xshash bo‘lgan baqalarning homilasidan hamda sut emizuvchilarning yuz-jag‘ hamda bosh suyagi shakllanishida faol qatnashadigan miya tolalari hujayralari namunalaridan foydalanilgan. Olimlar nikotin, propilen, glikol, o‘simlik glitserini va boshqa turli hid beruvchi birikmalardan iborat chekiladigan aralashmani qizdirib, tutunni shpritsga tortishgan va uni homilalar solingan fiziologik suyuqlikka qo‘shishgan.
Shu tajribadan so‘ng 75 foiz baqa homilasida yuz-jag‘ nuqsoni aniqlangan. Uning aksariyatida og‘iz bo‘shlig‘i qismida kengayish bilan yuz bergan. Ayrimlarining yuzlari kichrayib ketgan. Bunda suyuqlikda nikotin bo‘lmasa ham salbiy oqibatlar yuzaga chiqavergan.
Tadqiqot mualliflari chekishning inson tanasining ma'lum bir qismiga ta'sir qilish mexanizmini aniqlash maqsadida bu tajribani davom ettirish niyatida.
Avvalroq, shvetsiyalik shifokorlar elektron sigaretalarni uzoq vaqt chekish yurak va qon-tomir muammolarining rivojlanish ehtimolini kuchaytirishini ma'lum qilgan edi. Chunki elektron sigaretalardagi bug‘lanish qon tomirlarni egiluvchanligini kamaytiradi.
Mavzuga oid
13:35 / 27.03.2025
Olimlar inson qanday qarishini yangicha usulda o‘rgana boshladi
10:30 / 10.03.2025
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar
16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot
12:22 / 05.03.2025