O‘zbekiston | 15:15 / 17.11.2017
13674
2 daqiqa o‘qiladi

O‘quvchilarning uzog‘ini yaqin qilish uchun. Sergelida yangi maktab ochildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

«Zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan 630 o‘rinli 55-sonli maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Yorug‘ xonalar, qulay mebel, o‘quv-laboratoriya uskunalari, sport zali, stadion, oshxona-bufet va boshqa qulayliklar bolalarning sifatli ta'lim olishida muhim o‘rin tutadi», deyilgan xabarda.

Ma'lumki, poytaxtning ayrim hududlarida maktab o‘quvchilarning uylaridan uzoqda joylashgan. Bu maktabga o‘z vaqtida borib kelish, sifatli ta'lim olishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur massivda barpo etilgan maktabda bu holat bilan bog‘liq barcha jihatlar e'tiborga olingan. Ota-onalarning ta'kidlashicha, uylarning oynavand qismlari maktab tarafga qaratilgan bo‘lib, bu bolalarning maktabga qatnashi, tanaffus paytida ham ularga ko‘z quloq bo‘lib turish uchun qulaydir.

Bundan tashqari, bolalar qorli-qirovli kunlarda ham maktabga transport vositalariga chiqmasdan borib kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev maktab bilan tanishar ekan, ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishda bu kabi loyihalar muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidlagan.

Prezident shu yerda Sergeli tumani faollari, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik vakillari, yangi uy sohiblari bilan uchrashdi. Uchrashuvda jamiyatdagi tinchlik-osoyishtalik, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, yangi ish o‘rinlari yaratish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Mavzuga oid