Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida foydalanişga topşirilgan yangi maktabni borib kördi. Bu haqda ÖzA xabar tarqatdi.

«Zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan 630 örinli 55-sonli maktabda öquvçilar va öqituvçilar uçun barça şaroit yaratilgan. Yoruğ xonalar, qulay mebel, öquv-laboratoriya uskunalari, sport zali, stadion, oşxona-bufet va boşqa qulayliklar bolalarning sifatli ta'lim olişida muhim örin tutadi», deyilgan xabarda.

Ma'lumki, poytaxtning ayrim hududlarida maktab öquvçilarning uylaridan uzoqda joylaşgan. Bu maktabga öz vaqtida borib keliş, sifatli ta'lim olişga salbiy ta'sir körsatadi. Mazkur massivda barpo etilgan maktabda bu holat bilan boğliq barça jihatlar e'tiborga olingan. Ota-onalarning ta'kidlaşiça, uylarning oynavand qismlari maktab tarafga qaratilgan bölib, bu bolalarning maktabga qatnaşi, tanaffus paytida ham ularga köz quloq bölib turiş uçun qulaydir.

Bundan taşqari, bolalar qorli-qirovli kunlarda ham maktabga transport vositalariga çiqmasdan borib keliş imkoniyatiga ega böladi.

Şavkat Mirziyoyev maktab bilan tanişar ekan, ta'lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan işlarni yanada kuçaytirişda bu kabi loyihalar muhim örin tutişini alohida ta'kidlagan.

Prezident şu yerda Sergeli tumani faollari, nuroniylar, yoşlar, jamoatçilik vakillari, yangi uy sohiblari bilan uçraşdi. Uçraşuvda jamiyatdagi tinçlik-osoyiştalik, aholiga yaratilayotgan şaroitlar, yangi iş örinlari yaratiş töğrisida söz yuritilgan.