Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sakkizinchisi. Yana bir ayol katta Jorj Bushni shilqimlikda aybladi
Hisob bo‘yicha sakkizinchi ayol AQSh sobiq prezidenti (1989-1993) katta Jorj Bushni shilqimliklarda aybladi. Britaniyaning Bi-bi-si teleradiouzatuv korporatsiyasining juma kuni xabar berishicha, u o‘z ismini ochiqlamaslikni so‘ragan, sababi ish faoliyati maxfiy ma'lumotlar bilan bog‘liq.
Ayolning intervyuda aytishicha, hodisa 2004 yilda, u AQSh sobiq prezidenti va Ispaniya mudofaa vaziri Xose Bona Martinesning muzokaralarida tarjimon sifatida ishlagan paytida yuz bergan. Ayol uchrashuv tafsilotlarini ochiqlamagan, biroq, Bi-bi-si taxminiga ko‘ra, Martines o‘z lavozimini endigina egallagan Ispaniya bosh vaziri va kichik Jorj Bush boshchiligidagi AQSh ma'muriyati o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishga harakat qilgan.
"Fotosuratga tushish payti kelganida, Bush men suratda bo‘lishim kerakligini aytdi. Shu yodimda qolganki, men bu juda noodatiy ekani – odatda biz kadrdan tashqarida qolishimiz haqida o‘yladim, - deya xabar berdi ayol. – Shundan so‘ng u shilqimlik qildi. Men buni tasodifiy holat deb qabul qildim, biroq u bu ishni yana takrorladi".
Ayolning tushuntirishicha, 23 yil avval vaziyat imkon bermagani tufayli bu haqda indamagan. "Men xafa bo‘lishdan ko‘ra, ko‘proq darg‘azab bo‘lgandim, - deya ma'lum qildi u. – Shu esimdaki, o‘shanda u men hech narsa gapira olmasligimni bilib buni qilgan, deb o‘ylagandim. Axir vazir oldida janjal ko‘tarishim mumkin emasdi".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti nafar ayol AQShning 41-prezidentini shilqimliklarda ayblagandi. Xabar qilinishicha, bu holatlardan oltitasi 2003-2016 yillarda yuz bergan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026