Bu yuz berdi: Robert Mugabe partiya yetakchiligidan chetlatildi
Zimbabveni uzoq yillar mobaynida boshqarib kelgan 93 yoshli prezident Robert Mugabe yakshanba kuni hukmron partiya yetakchiligi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Markaziy Qo‘mitaning navbatdan tashqari sessiya yig‘ilishida qaror qabul qilingan.
Reuters agentligining yozishicha, 37 yil mamlakatni boshqargan prezident Mugabe o‘rniga mamlakat vitse-prezident Emmerson Mnangagva ZANU-PF yetakchiligiga saylangan.
Robert Mugabening turmush o‘rtog‘i Greys Mugabe ham partiya a'zoligidan chetlatildi.
Zimbabve xalq harakati faollaridan biri, keksa faxriy harbiy Kris Mutsvangvaning aytishicha, «vaqt borida Mugabe va uning hamtovoqlari mamlakatni tark etishi lozim. Ayni paytda hokimiyat almashinuvi juda aniq tartibda amalga oshmoqda».
Mamlakat poytaxti Harareda allaqachon bayram boshlangan. Bor-yo‘g‘i to‘rt kun ichida hokimiyatdan ag‘darilgan Robert Mugabe taqdiri Afrika mintaqasidagi bir nechta kuchli prezidentlik davlatlariga, jumladan Uganda, Kongo Demokratik Respublikasiga katta saboq bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi
20:55 / 14.09.2024
Zimbabve qurg‘oqchilik tufayli 200 ta filni o‘ldiradi
23:18 / 27.07.2023
Putin Zimbabve prezidentiga vertolyot sovg‘a qildi
22:36 / 23.04.2021