FOTO: Sevilya - 2018 yilning eng yaxshi sayohat shahri
Sayyohlar uchun mo‘ljallangan Lonely Planet portali o‘zining Best in Travel reytingini yangiladi. U 2018 yili sayohat qilishni tavsiya etuvchi shaharlar Top-10 ro‘yxatini e'lon qildi. Uning birinchi o‘rniga Ispaniyaning flamenko raqsi, gotik arxitekturasi va xushta'm churros shirinligi bilan mashhur Sevilya shahri tan olindi. Quyida nima uchun Sevilya tanlanganining bir necha sabablari bilan tanishasiz. Sevilya bir vaqtlar Ispaniya Andalusiyasining ma'muriy markazi hisoblanadi.
Bu ancha mashhur joy bo‘lib: shaharning har burchagida sayyohlik avtobuslarini ko‘rish mumkin.
Yanada talabchanroq sayohlar uchun muqobil transport vositasi ham bor — ot-arava.
Plasa-de-Espanya saroyi 1929 yili tashkil etilgan Ibero-Amerika ko‘rgazmasi uchun barpo qilingan edi.
Ulkan majmua piyodalar o‘tishi uchun qurilgan ko‘prikchalar ostidan o‘tuvchi kichik kanallar atrofida qurilgan.
Saroyning gotik arxitekturasi shaharning ulug‘vor ko‘rinishiga hamohangdir.
Fontanlar ham binoning ulug‘vorligini takrorlaydi.
Alkasar saroyi Sevilyaning yana bir diqqatga sazovor joyi hisoblanib, YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Gertsoglar saroyi birmuncha kamtarona ko‘rinsa-da, ajoyib tarixga ega va milliy yodgorlik sanaladi.
Shaharning yana bir jozibakor manzili Gvadalkvivir daryosidagi Oltin minoradir. U 13-asrdan beri harbiylarga qo‘riqchilik binosi sifatida xizmat qilib kelgan.
Parasol metropoli, avangard yog‘ochdan yasalgan konstruksiya bo‘lib, mahalliy aholi uni «Sevilya qo‘ziqorinlari», deb ataydi. U Plasa-de-la-Enkarnason maydoni uzra soya solib turadi. Bu yerda kafelar, konsert zali va bozor ham joylashgan.
Uning ustida shahar markazini tomosha qilish mumkin bo‘lgan yo‘lakcha bor.
Mazali taomlar xo‘randalar Sevilyada o‘zlarini xursand qila olishadi.
Tapas-barlarda klassik ispan oshxonasi taomlari tortiladi.
Bu yerda, shuningdek, mashhur pomerantsalar o‘sadi. U mandarin va pomeloni yodga soluvchi biroz taxirroq mevalardir.
Shirinxo‘rlar esa, shundoqqina ko‘chada sotiladigan churroslarni tatib ko‘rishlari mumkin.
Bundan tashqari, Sevilya flamenko nomli ritmik raqs bilan tanilgan.
Aprel oyida tashkil etiladigan savdo-yarmarkalarida shunday raqslarni tomosha qilish mumkin.
O‘zining ajoyib arxitekturasi, mazali taomi va yorqin madaniyati tufayli Sevilya — 2018 yili sayohat uchun yaxshi tanlovdir.
Mavzuga oid
21:44 / 12.11.2024
Ispaniyaning qator hududlari kuchli yog‘ingarchilik xavfidan ogohlantirildi
14:30 / 12.11.2024
RF xavfsizlik kuchlari Ispaniyada uchuvchini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
17:58 / 10.11.2024