Jahon | 17:05 / 19.11.2017
9514
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik politsiyachi 6 kishini otib tashladi

Foto: leparisien.fr

Fransiya politsiyasi xodimi mamlakatning Sarsel shaharchasida xizmat to‘pponchasidan 6 kishiga o‘q uzgan. Ulardan 3 nafari hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda Le Parisien nashri o‘z manbalariga asoslangan holda.

Hodisa 18 noyabr kuni shahar minorasi yaqinida ro‘y bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, otishmadan so‘ng, huquqni muhofaza qiluvchi xodim o‘zini ham o‘ldirgan. 

Voqeada politsiyachining sevgilisi, qizning onasi va opasi jarohatlangan. Qizning otasi va ikki qo‘shnisi halok bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, fojiaga oilaviy janjal sabab bo‘lgan. Otishmadan biroz vaqt oldin qiz politsiyachiga munosabatlarga barham bermoqchi ekanini aytgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid