Jamiyat | 11:05 / 19.11.2017
19339
2 daqiqa o‘qiladi

Oltinko‘lda  zamonaviy dehqon bozori ishga tushdi

“Qaysi yurtning farovonligini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz bozorlariga nazar soling” deyishadi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan har qanday mehmon  tuprog‘i tilloga teng zaminimizda yetishtirilgan mevalar bilan to‘lib toshgan bozorlarimizni ko‘rib, katta taassurotlarga ega bo‘ladi.

Ayni paytda bozorlarimiz zamonaviy ko‘rinishda qad ko‘tarayotgani ham tahsinga loyiq. Andijon viloyatida yaqin uch yil davomida 21 ta ana shunday zamonaviy tipdagi gipermarket, supermarket va minimarketlar qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Oltinko‘l tumanida bugungi kun talabi asosida qurilgan “Oqtepa dehqon bozori” savdo majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dehqon bozorida 2,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, buning natijasida  80 o‘rinli minimarket va 50 o‘rinli ochiq savdo rastalarida aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Endi aholi tomorqasi va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan meva va sabzavotlarni tumanning barcha mahallalarida tashkil etilgan agrofirmalar orqali qabul qilib, mazkur savdo shaxobchasida sotish imkoniyati tug‘ildi.

Savdo majmuasining ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, yig‘ilganlarni dehqon bozorining ishga tushirilishi bilan qutladi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid