Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Partiya yetakchiligidan ayrilgan Mugabe ochlik e'lon qildi
Dunyodagi eng keksa prezidentlaridan biri, Zimbabve rahbari Robert Mugabe uy qamog‘ida saqlab turilayotganidan norozi bo‘lib, ochlik e'lon qildi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, mamlakat hukmron partiyasi sobiq yetakchisi o‘tgan kundan beri hech nima yemaydi. Prezident oilasining yaqin do‘sti muxbir bilan so‘zlashib, Robert «haqiqat uchun o‘limga tayyor ekanligi»ni bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, keksa siyosatchi yakshanba kuni mamlakatda hukmron ZANU-PF partiya yetakchiligidan ozod etildi. Shuningdek, u chorshanba kundan buyon uy qamog‘ida saqlanadi. Hukumat boshqaruvini harbiylar qo‘lga olgan. 37 yil mamlakatni boshqargan Mugabening turmush o‘rtog‘i Greys Mugabe ham partiya a'zoligidan chetlatildi.
Mavzuga oid
22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi
21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi
20:55 / 14.09.2024