O‘zbekiston global terror reytingida eng quyi pog‘onalardan birida qayd etildi
Bosh ofisi Sidney shahrida joylashgan «Iqtisodiyot va tinchlik instituti» mutaxassislari an'anaviy Global Terrorism Index hisobotining beshinchi tahririni ma'lum qildi. Hisobotda butun dunyo bo‘ylab, 2000 yildan to 2016 yilgacha yuz bergan terror voqealari tahlil qilingan.
Global Terrorism Database axboroti asosida tayyorlangan hisobotda aytilishicha, O‘zbekiston terrorizm xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatida 125-pog‘onada turadi. Ro‘yxat yetakchilari qatorida mos ravishda Iroq, Afg‘oniston, Nigeriya qayd etilgan bo‘lsa, uning eng quyida Zambiya, Vetnam va Turkmaniston joylashgan.
Shuningdek, terror xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatorida Turkiya 9-o‘rin, Ukraina 17-o‘rin, Saudiya Arabistoni 26-o‘rin, AQSh 32-o‘rin, Qozog‘iston 67-o‘rin, Tojikiston 72-o‘rin, Qirg‘iziston 79-o‘rinda qayd etilgan.
Hisobotda ma'lum qilinishicha, terrorizm omili iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ta'sir etmaydigan 38ta mamlakat ichida O‘zbekiston ham mavjud. 2016 yili e'lon qilingan hujjatda O‘zbekiston 117-o‘rinda qayd etilgandi, bir yil o‘tib, ko‘rsatkich 8 pog‘onaga yaxshilangan.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxat yetakchilari qatorida terror harakatlari ko‘p kuzatiladigan mamlakatlar keltirilgan. Eng quyida esa ichki siyosatda barqaror tinchlikka erishgan davlatlar sanab o‘tilgan.
Mavzuga oid
22:18 / 17.08.2023
Shvetsiya terrorizm tahdidi darajasini oshirdi
08:07 / 13.01.2023
O‘zbekiston Afg‘oniston TIV binosi yonida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoraladi
12:05 / 14.01.2022
O‘zbekistonda 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs xorijda ushlanib, mamlakatga olib kelindi
09:11 / 16.11.2021