Mazkur şaxslar Rossiya hududida bölgan vaqtida diniy ekstremistik oqim ta’siriga tuşib, xalqaro terrorçilik taşkiloti faoliyatida iştirok etgan va öz safini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollaş hisobidan kengaytiriş bilan şuğullangan.

Ular yaşirin yiğiliş taşkil etib, Telegram messenjeri orqali video-konferensiya yöli bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvçi doktrina asosida tizimli öqitiş va terrorçilik taşkilotiga jalb qiliş işlari amalga oşirilgan. Ularning bu faoliyati xorijdagi ğoyaviy maslakdoşlari tomonidan muvofiqlaştirib borilgan.

Töplangan materiallar asosida Rossiya Tergov qömitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik taşkilot faoliyatini taşkil etiş va unda iştirok etiş böyiça jinoyat işi qözğatildi. 

DXX tomonidan Qaşqadaryo viloyatida ötkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan şu jamoatning yana 2 nafar a’zosi qölga olindi.

Aniqlanişiça, bu şaxslar ham Rossiyadagi yaşiriş jamoat a’zolari tomonidan telegram messenjerida taşkil etilgan  virtual guruhlarga a’zo bölib, XTTning  aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitutsiyaga zid ravişda özgartirişni tarğib qiluvçi materiallarini tarqatib kelgan. 

Şuningdek, ularning yaşaş xonadonlari közdan keçirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik ğoyalari bilan yöğrilgan adabiyotlar, 2 ta fleş xotira  va 1 ta xorijiy davlatga tegişli bölgan sim karta daliliy aşyolar sifatida olindi hamda ekspertizadan ötkaziş uçun tegişli taşkilotlarga yuborildi. 

Hozirda hibsga olingan şaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.