Özbekiston Respublikasi IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor suriştiruv olib borildi.
Ular davomida, 2007 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan K.I. internet tarmoğida ekstremistik ğoyalar ta’siriga tuşişi natijasida 16 nafar yaqin tanişlari bilan noqonuniy “jamoat” bölib yiğilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorçilik taşkilotlari safiga qöşilişni rejalaştirganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
"Loqaydlik va işonuvçanlik oqibatida, internet tarmoği orqali yot ğoyalar ta’siriga tuşib qolmaslik uçun fuqarolarimizni doimo ogoh bölişiga çaqiramiz. Özingizning taqdiringizga befarq bölmang", - deyiladi IIV xabarida.

















