Jahon | 11:10 / 21.11.2017
18097
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning tovushdan tez harakatlanadigan qiruvchisi halokatga uchradi

Foto: U.S Air Force

AQShning Texas shtatidagi Laughlin aviabazasidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda Qo‘shma Shtatlarga qarashli T-38 Talon ikki o‘rindiqli tovushdan ham tez harakatlanuvchi reaktiv samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa AQShning Del-Rio shahri yaqinida yuz bergan. Halokat oqibatida bir uchuvchi halok bo‘ldi. Ikkinchi pilot esa Val Verde tibbiyot markaziga yetkazildi.

Hozircha uchuvchilarning ismi aytilmayapti. Harbiy prokuratura hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlashni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid