Xalqaro boks uyushmasining sobiq prezidenti yana bir tashkilotni tark etdi
Xalqaro boks uyushmasining prezidenti Ching-Kuo Vu 20 noyabrda AIBA prezidenti lavozimini ko‘ngilli tarzda tark etgach, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining ijroiya qo‘mitasidagi lavozimini ham tark etdi. Bu qo‘mita 5 dekabrda Rossiya terma jamoasining 2018 yilgi qishki Olimpiada ishtirok etishi masalasini hal qiladi,
Ching-Kuo o‘rnini AIBA’da vaqtinchalik vitse-prezident Franko Falchinelli egallagan.
Ching-Kuo Vu 1988 yildan boshlab Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a'zosi hisoblanadi. U 2013 yilda XOQ prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etgan, biroq amaldagi prezident Tomas Baxga mag‘lub bo‘lgan.
AIBA’ning muddatdan tashqari kongressi Dubayda 27 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Unda yangi rahbar uchun ovoz beriladi.
Iyul oxirida AIBA ijroiya qo‘mitasining 13 a'zosi Ching-Kuo Vuga ishonchsizlik bildirishgan. Ching-Kuo Vuga lavozimini o‘z xohishi bilan tark etish taklif qilingan, biroq u rad javobini bergan.
10 oktabrda AIBA’ning intizom komissiyasi Ching-Kuo Vuni o‘z lavozimidan baribir chetlatgan.
Ching-Kuo AIBA prezidenti lavozimini 2006 yilda egallagan. 2014 yilda o‘z lavozimiga uchinchi marta qayta saylangan.
Mavzuga oid
13:19 / 13.12.2020
Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasiga prezident etib saylandi
22:07 / 06.08.2019
AIBA rahbari iste'foga chiqdi – OAV
09:33 / 16.07.2019
G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatidagi vakolatlarini butunlay topshirdi
23:16 / 03.07.2019