Jahon | 23:54 / 22.11.2017
6127
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Zimbabvening yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi

Zimbabvening yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Yangi prezident mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva bo‘ladi, deb xabar bermoqda Zimbabvening teleradiouzatish korporatsiyasi ZBC.

Associated Press axborot agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Mnangagva shu munosabat bilan JARdan Zimbabvega uchib ketgan. OAVning ta'kidlashicha, aviabazada siyosatchini kutib olish uchun yuzlab odamlar to‘plangan. Ulardan ba'zilari Mnangagva suratlari va “Bizning qahramon, qaytayotganing bilan” degan yozuv bo‘lgan plakatlarni ushlab olishgan. Mnangagvani Zimbabve armiyasi bosh qo‘mondoni Konstantino Chivenga va hukmron partiya ZANU-PF a'zolari kutib olishlari, so‘ngra u endilikda sobiq prezident Robert Mugabe bilan uchrashishi kutilmoqda.

Zimbabveni 37 yil davomida boshqarib kelgan 93 yoshli Mugabe 21 noyabrda iste'foga ketishini e'lon qildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid