Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobus haydovchisidan prezidentgacha: Nikolas Maduro 55 yoshini nishonlamoqda
Avtobus haydovchisi, keyin kasaba uyushmalari faoli bo‘lgan, Ugo Chavesning o‘limidan so‘ng 2013 yil 19 aprelda Venesuela prezidenti lavozimini egallagan Nikolas Maduro 23 noyabrda 55 yoshini qarshilamoqda.
Maduroda Chavesnikidek tarovat ham, mashhurlik ham yo‘q, bu esa unga anchagina muammolar tug‘dirib keladi. Mamlakatda siyosiy vaziyat notinch bo‘lib qolmoqda, bir necha oydan beri ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari davom etmoqda, iqtisodiyot esa bankrot oldi holatida turibdi. Shu sababli Maduro yubileyini ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda, deb aytish mushkul.
Mutaxassislar og‘ir vaziyat Maduroni oxir-oqibat islohotlarga borishga majbur qilishini aytishmoqda. Ehtimol Maduro o‘zining haydovchilik kasbini eslashiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin: bugun u boshqarayotgan “avtobus” – bu muammolar girdobida qolgan Venesueladir. U to‘qnashuvdan qochishi uchun manyovrlar bajarishiga to‘g‘ri keladi.
Maduro Iso Masih haykali yonida.
Maduroga qarshi namoyish, 2017 yil may.
Maduro Konstitutsiyaviy assambleyaga saylovlar oldi tadbirida Karakasda, 2017 yil 20 iyul
Maduro “Shimoliy yoz” ekin ekish rejasi bilan bog‘liq tadbirda, 2017 yil sentabr
Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Milliy assambleya yig‘ilishi oldidan, 2017 yil
Maduro futbolchi Diyego Maradona bilan mashg‘ulot vaqtida, 2017 yil noyabr
Maduro AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi namoyishda, Karakas, 2017 yil avgust. Plakatda “Tramp, Lotin Amerikasini o‘z holiga qo‘y” deb yozilgan.
Maduro radiodasturdagi chiqishi vaqtida, 2016 yil
Maduro Ugo Chaves o‘limining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Karakasdagi harbiy paradda, 2014 yil
Maduroga qarshi namoyish, 2016 yil 26 oktabr
Maduro va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliyadagi uchrashuvda, 2014 yil
Maduro va Suriya prezidenti Bashar Asad Damashqda, 2007 yil
Maduro va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda, 2017 yil
Maduro Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafiy bilan Venesueladagi ASA sammiti vaqtida, 2009 yil
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026