Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qabul qilinishida ko‘mak ko‘rsatadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi mobaynida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qabul qilinishida, xususan, mazkur tashkilotga a'zo bo‘lishning natijasini baholash, milliy qonunchilikning JST kelishuvlari talablariga mosligi ekspertizasi hamda texnik, konsultativ va manfaatdor vazirlik va tashkilotlarga mutaxassislar ko‘magini berish yo‘llari orqali Koreya Respublikasining qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha memorandum va Yo‘l xaritasi imzolandi.
O‘zbekistonda tashqi savdodagi hamkorlikning ilg‘or shakllarini joriy etish, tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazish va eksportni rag‘batlantirish bilan bog‘liq tartib-qoidalarning yengillashtirilishi maqsadida tomonlar ilg‘or koreys tajribasi asosida O‘zbekiston Respublikasi elektron savdo Milliy platformasini yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar va mazkur shartnoma ijrosining amalda tatbiq qilinishi bo‘yicha muvofiq Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo va Yevroittifoq» ko‘rinishidagi vazirlar uchrashuvidan so‘ng Federiko Mogerini Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonning Butunjahon savdo tashkiloti a'zoligiga kirganini e'tirof etgandi. Yevropalik siyosatchi ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston va Turkmanistonning faolligini ko‘rish umidida ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
20:47 / 03.05.2026
Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
11:41 / 19.09.2025
O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha yana uch davlat bilan kelishuvga erishdi
17:23 / 18.09.2025
Saida Mirziyoyeva Shveytsariyada O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirda nutq qildi
13:38 / 04.09.2025