Özbekiston Argentina, Avstraliya va Honduras bilan bozorga kiriş böyiça ikki tomonlama protokollarni imzoladi. Bitimlar Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida tuzildi.
Prezidentning JST böyiça vakili Azizbek Örunovning aytişiça, JSTning yana ikki a’zosi bilan ham prinsipial kelişuvlarga erişilgan. Erişilgan kelişuvlarning umumiy soni 29 taga yetdi, yana 3 ta davlat bilan protokollar imzolanişi qoldi.

«Har bir imzo Özbekistonni JSTga tölaqonli a’zolikka yaqinlaştiradi – bu muhim bosqiç iqtisodiyotimiz, mintaqamiz va butun dunyodagi savdo hamkorlarimiz uçun yangi imkoniyatlar oçadi», — deb yozadi Örunov.

















