Özbekistonda import qilingan avtomobillarni Piskentdagi avtopoligonda sinovdan ötkaziş amaliyoti Prezident administratsiyasining topşiriği asosida bekor qilingani ma’lum böldi. Bu haqda Jahon savdo taşkiloti böyiça idoralararo komissiyaning 2 sentabr kungi yiğiliş bayonida keltirib ötilgan. Uşbu protokoldan avtomobil narxlarini “maqbullaştiriş va tartibga soliş” böyiça topşiriq ham örin olgan.

Boş vazir örinbosari, komissiya raisi Jamşid Xöjayev imzolagan yiğiliş bayonini autodeklarant Telegram-kanali e’lon qildi. Hujjat haqida rasmiy manbalarda ma’lumot uçramaydi.

Protokolda keltirilişiça, xorijiy va mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilarning rasmiy dilerlari soni 2020 yilda 3 ta bölgan, hozirga kelib 21 taga yetgan. Turi ma’qullangan modellar soni esa 15 tadan 101 taga oşgan.

Rasmiylarga köra, 2024 yil 1 noyabrdan boşlab Piskent avtopoligonida reglamentda belgilangan 2 ta majburiy körsatkiç böyiça sinovlarni amalga oşiriş amaliyoti orqali rasmiy sotuvlar sonida keskin özgariş bölmagan.

Aksinça, 2024 yilga nisbatan joriy yil birinçi yarim yilligida jismoniy şaxslar tomonidan olib kirilgan yengil avtotransport vositalari soni 2693 taga köpaygan.

Qayd etilişiça, infratuzilma yetişmovçiligi sabab Piskent avtopoligonida uzun navbatlar (1 oydan 3 oygaça) hosil bölgan, bu esa aholining keng e’tirozlariga sabab bölmoqda.

JST bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya qarori bilan:

  • yuridik şaxslarga muomalaga çiqariş uçun transport vositasining turini ma’qullaş hujjatining amal qiliş muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi;
  • 2025 yil 2 sentabrdan boşlab, şaxsiy ehtiyoj uçun import qilinadigan bir dona avtotransport vositasini “elektromagnit moslaşuvçanlik” va “haydovçi hamda yölovçi xonasidagi havoga ajraladigan zaharli moddalar” körsatkiçlari böyiça sinovlarni ötkaziş talabi bekor qilindi.

Şuningdek, yiğiliş qaroriga binoan:

  • Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi muvofiqlikni baholaş markazlarini taşkil etişga xususiy sektorni keng jalb etiş va akkreditatsiya tizimini takomillaştiriş yuzasidan Prezident administratsiyasiga 2025 yil 1 oktyabrga qadar aniq takliflar kiritişi kerak;
  • Raqobat qömitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy işlab çiqaruvçilar, rasmiy va norasmiy dilerlar örtasida avtotransport vositalarining narxlaridagi tafovutlarni tahlildan ötkazib, narxlarni maqbullaştiriş va tartibga soliş böyiça çoralar yuzasidan 1 oy muddatda Prezident administratsiyasiga aniq takliflar kiritişi zarur.