Jahon | 08:08 / 24.11.2017
4865
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlanadi

Foto: Reuters

27 noyabrda Finlyandiyaning poytaxt hududida 10 ming harbiy, qiruvchi samolyotlar, kemalar va boshqa harbiy texnika jalb etilgan holda yirik harbiy mashg‘ulotlar boshlanadi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlarida ma'lum qilingan.    

“Mashg‘ulotlar qo‘shinlarni mashq qildirish va himoyamiz imkoniyatlarini namoyish qilishning ajralmas qismi hisoblanadi”, deb aytgan mamlakat armiyasi qo‘mondoni Petri Xalkko.

Mashg‘ulotlar Xelsinki, Espoo, Yarvenpaa, Kerava, Kirkkonummi, Porvoo, Sipo, Siuntio, Tuusula, Vantaa tumanlarida hamda dengizda va Fin ko‘rfazidagi arxipelaglarda bo‘lib o‘tadi. 

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarda sohilbo‘yi himoyasi qo‘shinlari, maxsus qo‘shinlar,  Leopard 2A6 tanklari, XA203 harbiy mashinalari, qo‘llab-quvvatlash kemalari, Hornet qiruvchi samolyotlari va Hawk mashg‘ulot samolyotlari ishtirok etadi.  

Ma'lum qilinishicha, mashg‘ulotlar 4 dekabrgacha davom etadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid