Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: pichoq bilan qurollangan sotuvchi ayol o‘g‘rini quvib yubordi
Angliyaning Devon grafligi Tiverton shahrida pichoq bilan qurollangan sotuvchi ayol o‘g‘rini qochib ketishga majbur qildi, deb yozadi Daily Mail.
Boshiga niqob kiyib olgan erkak do‘kon yopilishiga oz vaqt qolganida kelgan. U 36 yoshli Lorreyn Makkaliskiga pichoq bilan tahdid qilib, kassadagi pullarni berishni talab qilgan. Biroq u o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan, aksincha baland ovozda baqirib, pichoqni silkitgan holda o‘g‘riga tashlangan.
«Men har doim shunga o‘xshash nimadir bo‘lishini sezib yurardim va “Ana ro‘y berdi”, deb o‘yladim, — deya hikoya qiladi sotuvchi. — Men: “pichog‘imni olishga ulguramanmi?”». Kichkina kantselyariya pichog‘i kassa apparati ostiga yashirib qo‘yilgan edi.
Bu voqea Makkaliskida go‘yo xayolida bo‘lgandek taassurot qoldirdi. «Agar u menga pichoq ushlab olgan qo‘lini cho‘zganida, menga zarba berish uchun yaqin edi. Ammo u pichoq ushlagan qo‘lini silkitdi, xolos», degan Makkaliski.
Mavzuga oid
09:10 / 03.03.2026
Sud: YuKOS sobiq aksiyadorlari Rossiyadan kompensatsiya undirishi mumkin
13:43 / 02.03.2026
Kiprdagi Britaniya aviabazasi dron hujumiga uchradi
08:38 / 02.03.2026
“Yevrouchlik” Eronning palapartish zarbalaridan norozi
14:52 / 28.02.2026