Sport | 23:42 / 26.11.2017
11529
4 daqiqa o‘qiladi

APL. «Manchester Siti» bir qator tarixiy rekordlarni yangiladi

Angliya premer-ligasining 13-turidan o‘rin olgan yana uch uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda peshqadam «Manchester Siti» va  chempionlik uchun asosiy da'vogarlardan biri «Arsenal» o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

«Haddersfild» mehmoni bo‘lgan Xosep Gvardiola shogirdlari katta qiyinchiliklar evaziga bo‘lsada, g‘alabani tantana qildi. Avvaliga Nikolas Otamendining avtogolidan so‘ng mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Rahim Sterlingga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Serxio Aguero aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning so‘nggi qismida esa Sterlingning o‘zi to‘p kiritib, «Siti»ga juda qiyin g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Siti» hisobidagi ochkolar soni 37taga yetdi va jamoa Angliya chempionati tarixida 13 turda eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoaga aylanib oldi. Shuningdek jamoa o‘zining muvaffaqiyatli starti bo‘yicha olti yil oldingi rekordini ham yangiladi. Shuningdek bu «Siti»ning mehmonda qo‘lga kiritgan ketma-ket 11-g‘alabasi bo‘ldi va jamoa bu borada ham mutlaq rekord o‘rnatdi.

Shuningdek «Arsenal» ham bu turda «Byornli» uyida hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alabani ilib ketdi. Qiziq tomoni,  «Arsenal» ketma-ket uchinchi marta «Byornli»ga qarshi uchrashuvda 90-daqiqadan keyin kiritilgan gollar evaziga mag‘lub etdi. Bunaqasi APL tarixida hali sodir bo‘lmagandi. Yana bir uchrashuvda esa «Sauthempton» «Everton»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Angliya premer-ligasi

13-tur

Haddersfild – Manchester Siti 1:2 (1:0)

Gollar:  Otamendi (45, avtogol)  – Aguero(47, penalti), Sterling (84).
Haddersfild: Lyossl, Smit, Yorgensen, Shindler, Meloun (Leve, 74), Xogg (Mune, 86), Ins (Kvaner, 81), Uilyams, Muy, van La Parra, Depuatr.
Manchester Siti: Ederson, Uoker, Kompani (Gabriel Jyezus, 80), Otamendi, Delf, de Bryuyne, Fernandino, Silva (Mangalya, 89), Sterling, Aguero (Gundo‘g‘an, 86), Sane.
Ogohlantirishlar: Xogg (56), Fernandino (63), Meloun (64), Silva (87), Sane (90+6).
Chetlatish: van La Parra (90+6, Haddersfild).

Sauthempton – Everton 4:1 (1:1)

Gollar: Tadich (18), Ostin (52, 58), Devis (87) – Sigurdsson (45).
Sauthempton: Forster, Soaresh, van Deyk, Xudt, Bertran, Xeyberg, Devis, Uord-Prouz, Tadich (Lemina, 78), Bufal (Yosida, 86), Ostin (Long, 80).
Everton: Pikford, Kenni, Jagelka, Kin (Vlashich, 75), Beyns (Uilyams, 27), Lennon, Guyye, Shnayderlin, Sigurdsson, Miralyas (Lukman, 64), Kelvert-Lyuin.

Byornli – Arsenal 0:1 (0:0)

Gol: Sanches (90+1, penalti).
Byornli: Poup, Louton, Tarkovski, Mi, Uord, Gudmundsson, Defur (Vud, 78), Kork, Breydi, Xendrik, Barns.
Arsenal: Chex, Koselni, Mustafi, Monreal, Belerin, Remzi, Djaka, Kolashinats, Ivobi (Uilsher, 67), Sanches, Lyakazett (Uelbek, 79).
Ogohlantirishlar: Defur (15), Breydi (25).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid