Jahon | 17:07 / 26.11.2017
10915
1 daqiqa o‘qiladi

Balida vulqon uyg‘ondi - 10 dan ortiq aviaparvozlar bekor qilindi

Foto: AP

Indoneziyaning Bali oroli hokimiyati 10 ga yaqin xalqaro va yana bir nechta mahalliy aviaparvozlarni bekor qildi. Bunga Agung vulqonining uyg‘onishi sabab bo‘ldi. Aviakompaniyalarning qayd etishicha, vulqon tutunidan vujudga kelgan bulut harakatining yo‘nalishini taxmin qilib bo‘lmaydi. Shu boisdan ham parvozlarni bekor qilishga qaror qilingan.

Agung 26 noyabrga o‘tar kechasi uyg‘ongan, hozir uning kuli 1,5 km balandlikka ko‘tarilgan. 7,5 km radiusda joylashgan mahalliy aholi boshqa joyga ko‘chirilgan, politsiyachilar va qutqaruvchilar kul va tutundan himoyalanish uchun maxsus niqob taqishmoqda. 

Mavzuga oid