Misr masjididagi qurolli kimsalar IShID bayrog‘ini olib yurishgani aytilmoqda
Misrning Shimoliy Sinay hududidagi masjidga juma kuni hujum uyushtirgan qurollangan jinoyatchilar eshiklar va derazalar orqali o‘t ochib, 300 dan ortiq musulmonni o‘ldirar ekan, IShID bayrog‘ini silkitgan. Mamlakat rasmiylari shu haqda bayonot berishdi.
Ammo, hozircha, biror terrorchi guruh mazkur jinoyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Misr kuchlari Suriya va Iroqda jiddiy qarshilikka duch kelganidan so‘ng, bu mintaqaga ko‘chgan IShID kuchlariga qarshi kurash olib bormoqda.
Misrning yangi tarixidagi eng qonli terrorchilik xurujidan so‘ng, mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As Sisi barcha masjidlar va asosiy bino-inshootlarda xavfsizlikni kuchaytirishga ko‘rsatma berib, mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilgan edi.
MENA davlat agentligi qurbonlar soni 305 kishiga yetganini ma'lum qildi. Ulardan 27 nafari bolalardir, 128 odam yaralangan.
Mazkur jinoyatni tergov qilayotgan prokurorning yaralanganlar bilan o‘tkazgan suhbatidan so‘ng ma'lum qilishicha, IShID a'zolari Al Arish shahri g‘arbidagi Al Ravda masjidining eshigi va 12 ta derazasidan masjid ichidagilarni o‘qqa tutgan.
Mavzuga oid
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024