Misrda jangovar tayyorgarlikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi
Misr ichki ishlar vazirligi Sinay yarimorolidagi teraktdan keyin mamlakatning barcha hududlarida xavfsizlik kuchlari jangovar tayyorgarligining eng yuqori darajasini e'lon qildi. Bu haqda MENA nashri xabar bermoqda.
Xavfsizlik kuchlarining qo‘shimcha bo‘linmalari Misrning asosiy obektlarida joylashtirildi. Sayyohlik zonalari, davlat muassasalari, banklar va politsiya bo‘limlari, shaharlar va aholi punktlariga kirish-chiqish joylari alohida nazoratga olingan.
Masjidlar, cherkovlar, teatr va kinoteatrlar hamda odamlar ko‘plab yig‘iladigan boshqa joylarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Yo‘llarda avtoulovlar tekshirilmoqda, ko‘chalarda mobil patrullar navbatchilik olib bormoqda. Shuningdek, Misrning Afrikadagi qismi va Sinayni bog‘lovchi tunnel hududida avtoulovlar tekshirilishi kuchaytirilgan. Liviya bilan chegaradosh hududlarda reydlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024