Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Respublikasida qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda ushlandi
2017 yilning 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Tozalash-antiterror» tadbiri jarayonida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Sayohat» mehmonxonasi yonida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olindi. Abduraxmonov Saibjon Maxmudjonovich Qirg‘iziston Respublikasida "qotillik" jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan. Bu haqda ShIIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
S.M.Abduraxmonovdan bir dona o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan va bir dona o‘zining surati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma'lumotlari ko‘rsatilgan Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasporti rasmiylashtirib olingan.
Ushbu fuqaro bilan olib borilgan surishtiruv jarayonida o‘zining fotosurati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma'lumotlari kiritilgan Rossiya Federatsiyasining fuqarolik pasportini Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida qalbakilashtirganligi, ushbu pasportdan MDH davlatlarida foydalanganligi aniqlangan.
2017 yilning 25 noyabr kuni S.M.Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilib, hozirda uni Qirg‘iziston Respublikasiga taqdim etish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026