Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya terrorizm batamom yo‘q bo‘lgunicha kurashadi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning bayonot berishicha, tashkil etilganiga 2 yil bo‘lgan Islom koalitsiyasi terrorizm batamom yo‘qotilgunicha, unga qarshi kurash olib boradi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar qildi.
"Biz ularga (terrorchilar) bizning tinchlikparvar dinimizni buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bugun biz terrorizmga qarshi kurashish uchun jiddiy ishlayotganim haqida ogohlantirayapmiz", - degan Saudiya taxti valiahd shahzodasi. U Terrorizmga qarshi Islom harbiy koalitsiyasi mudofaa vazirlarining yillik uchrashuvida shunday bayonot berdi.
"Bugun biz shuni tasdiqlaymizki, biz terrorizm to‘liq yo‘q bo‘lmaguncha, uni ta'qib qilamiz", - degan shahzoda bin Salmon.
Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya tarkibida 40 ga yaqin a'zo bo‘lib, 2015 yili arab davlatlari IShIDga qarshi kurashda amaliy choralar ko‘rmayotganiga doir tanqidlardan so‘ng tashkil etilgan edi. Uning qo‘shma amaliyotlar o‘tkazish qo‘mondonligi Ar Riyodda joylashgan.
Saudiya shahzodasining bayonoti Misrning Shimoliy Sinay yarim orolidagi So‘fiy masjidida amalga oshirilgan dahshatli teraktdan so‘ng yangradi. Misr prokuroriga ko‘ra, terrorchilik oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘lgan, shundan 27 nafari bolalardir. Bundan tashqari 128 kishi yaralangandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026