Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda fil o‘z egasini o‘ldirdi va uning jasadini yashirishga urindi
Tailand janubidagi Krabi viloyatida fil, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘z egasini o‘ldirdi va uning jasadini yashirishga urindi. Bu haqda Nation xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 50 yoshli fermer Amon Morakotaning jasadi qo‘shnilari tomonidan topilgan. Ular erkak bir soat davomida ko‘rinish bermagach, uni qidirishni boshlashgan.
Uning jasadi daraxt tagidan topildi, u shoxlar yordamida to‘sib qo‘yilgan bo‘lgan. Ekspertlarning aniqlashicha, erkak ko‘kragi va tanasining boshqa qismlariga ko‘plab zarbalar berilgani tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bunday jarohatlar filning hujumidan darak beradi, deya qayd etishgan shifokorlar.
Fermerga tegishli bo‘lgan 37 yoshli fil esa yog‘ochlarni tashishda ishlatilgan, u jasad topilgan daraxtning yoniga temir zanjir bilan bog‘lab qo‘yildi.
Qo‘shnilarning aytishicha, hayvon avval ham o‘z egasiga bir necha marta hujum qilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026