Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi suriyalik qochqin bolalarning 40 foizi ta'lim olmayapti
Turkiyadagi suriyalik qochqinlar farzandlarining 40 foizga yaqini iqtisodiy muammolar sababli maktabga bormayapti. Bu haqda Britaniyaning Theirworld tashkiloti tomondan tayyorlangan ma'ruzada aytilgan. Ma'ruza Turkiyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan.
Turkiyada ta'lim olayotgan suriyalik bolalarning 49 foizini qizlar, 51 foizini o‘g‘il bolalar tashkil qiladi. Ma'ruza Turkiyaning Istanbul, Shonliurfa, Xatay va Anqara viloyatlaridagi qochqinlar lagerlaridagi vaziyatning tahlili natijalari asosida tayyorlangan.
Ijtimoiy siyosat va ta'lim sohasidagi mutaxassis Ipek Jo‘shkunning aytishicha, bugungi kunda Turkiyada 3 mln 298 ming suriyalik qochqin yashamoqda. Ulardan 833 ming 39 nafari 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardir.
2016/17 o‘quv yiliga ko‘ra, Turkiya maktablarida 492 ming 544 suriyalik bola tahsil olmoqda. Ulardan 35 foizi davlat maktablarida, 65 foizi esa vaqtinchalik ta'lim markazlarida o‘qiydilar.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026