Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sakkizoyoq akuladan chig‘anoqlar bilan himoyalandi
“Bi-bi-si” telekanalida namoyish qilinuvchi “Blue Planet 2” (Moviy sayyora 2) filmining 5-seriyasida akulalarning qolgan turlariga nisbatan tajovuzkorroq bo‘lgan yo‘l-yo‘l mushuksimon akulaning ov qilishi namoyish qilindi. Videoda akula sakkizoyoqqa hujum qilgan, biroq loyiha mualliflari uchun kutilmagan qarshilikka uchragan: sakkizoyoq avval akulani bo‘g‘a boshlagan, so‘ngra akula hujumidan kichik chig‘anoqlar va toshlarni so‘rchig‘lari bilan badaniga yopishtirib, o‘ziga xos ”qalqon” bilan himoyalangan.
Telekanal xodimlari suratga olishlari vaqtida bunday holga birinchi marta duch kelganlarini aytishgan, ular akula o‘ljasini mag‘lub etadi, degan fikrda bo‘lganlar. Ularning aytishicha, sakkizoyoqning bunday himoyalana olishi avval hech qayerda qayd qilinmagan.
Mavzuga oid
18:35 / 18.04.2026
Maldivda sayyoh akula hujumidan so‘ng bir oyog‘idan ayrildi
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
19:50 / 30.05.2025
Global isish tufayli La-Manshga sakkizoyoqlar yopirildi
00:22 / 14.09.2023