Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston yaqin vaqt ichida Afg‘oniston bilan aviaqatnovni tiklaydi. Kobuldan Toshkentga birinchi reys chorshanba, 29 noyabr kuni amalga oshiriladi.
2017 yilning 29 noyabr kuni ertalabki soat taxminan 9:00da Toshkentga Afg‘onistondan birinchi fuqarolik borti kelib qo‘nadi.
Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi reyslarni kod-shering bo‘yicha amalga oshiradi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK o‘z kodi ostida reysga chipta sotish huquqiga ega yo‘nalish bo‘yicha hamkor sanaladi.
Ta'kidlab o‘tish lozimki, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning O‘zbekistonga tashrifi arafasida ochilmoqda. Kutilishicha, Ashraf G‘aniy O‘zbekistonga dekabr oyi boshida keladi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
18:19 / 22.06.2026