Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiyada 340 dan ortiq harbiyni hibs etishga order berildi
Turkiya hukumati 360 kishi, shu jumladan, 343 harbiy xizmatchini qo‘lga olish bo‘yicha order berdi. Ular o‘tgan yil iyul oyida amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Haberturk telekanali.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanganlarni ushlash bo‘yicha amaliyot Istanbulda amalga oshirilmoqda.
2016 yil 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh ofitserlari va askarlari davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan edi. Asosan, Anqara va Istanbulda ro‘y bergan voqealarda 250 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 2 mingdan ortiq inson jarohatlangan edi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026