Sport | 08:50 / 30.11.2017
14666
6 daqiqa o‘qiladi

APL. «Arsenal»da yirik, «Manchester Siti»va «Chelsi»da qiyin g‘alabalar (turnir jadvali)

Angliya chempionatining 14-turidan turnir jadvali yuqorisidagi jamoalar yo‘qotishlarsiz o‘tib oldi. 

«Arsenal» bu turda «Haddersfild Taun»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Kanonirlar» turnirda qatorasiga uchinchi g‘alabaga erishdi.

O‘yindagi gollarga Aleksandr Lyakazett, Aleksis Sanches, Mesut O‘zil va Olive Jiru (dubl) mualliflik qilishdi.

Bu g‘alabadan keyin Arsen Venger shogirdlari ochkolari sonini 28taga yetkazib, to‘rtinchi o‘rinda mustahkam joylashgan, mavsum debyutanti, o‘tgan turlarda «Manchester Yunayted»ni yenggan va «Manchester Siti»ga qarshi tengma-teng o‘yin ko‘rsatgan «Haddersfild» esa 15 ochko bilan 14-pog‘onada.

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 14-turida «Sauthempton»ga qarshi o‘ynadi. Manchesterdagi «Etihad Stedium» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Kevin De Bryuyne jarima maydoni tashqarisidan to‘pni darvozaning yaqin burchagiga yo‘lladi, to‘p himoyachiga tegib, darvoza to‘riga yo‘naldi. 75-daqiqada Sofyan Bufal Oriol Romeuni qulay vaziyatga chiqardi va hisob tenglashdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Rahim Sterling g‘alaba golini urdi va Gvardiola jamoasi yo‘qotishsiz davom etishini ta'minladi.

Bu qiyin g‘alabadan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida 40 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Sauthempton» 16 ochkosi bilan 11-pog‘onada joylashgan.

«Arsenal» va «Manchester Siti» ortidan «Chelsi» hamda «Liverpul» ham navbatdagi ochkolarga ega bo‘ldi.

London jamoasi o‘z uyida «Suonsi»ni qabul qildi va 55-daqiqada himoyachi Antoni Ryudiger urgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Bu natijadan keyin Konte shogirdlari turnir jadvalidagi uchinchi o‘rinni saqlab qoldi (29 ochko).

«Liverpul» bu turda «Stok Siti» maydoniga safar qilib, raqibga hech qanday imkon qoldirmadi - 3:0. O‘yinga ikkinchi bo‘limda qo‘shilgan Saloh ikkita gol urdi va turnir to‘purarlari ro‘yxatida yaqqol yetakchiga aylandi, yana bir golni Sadio Mane o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu g‘alabadan keyin Yurgen Klopp jamoasi turnir jadvalida 26 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

14-turning yana bir uchrashuvida «Everton»  «Vest Hem Yunayted»ni yirik hisobda taslim etdi (4:0). O‘yinda Ueyn Runi het-trik qayd etdi. Bu Sem Ellardaysning o‘ziga xos qaytishiga aylandi.

«Byornli» esa «Bornmut» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi (2:1).

Angliya premer-ligasi
14-tur

Arsenal – Haddersfild 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 3 Lyakazett, 2:0 – 68 Jiru, 3:0 – 69 Sanches, 4:0 – 72 O‘zil, 5:0 – 87 Jiru.
Arsenal – Chex, Koselni, Mustafi, Monreal, Belerin, Remzi (Uilsher, 73), Chaka, Kolashinats, O‘zil, Sanches (Uelbek, 73), Lyakazett (Jiru, 46).
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Shindler, Kreyni, Xaderdjonay, Muy (Uilyams, 74), Xogg (Uaytxed, 78), Leve, Kvaner, Kachunga, Mune (Depuatr, 74).
Ogohlantirish: Muy (60).

Manchester Siti – Sautgempton 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 47 de Bryuyne, 1:1 – 75 Romeu, 2:1 – 90 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Otamendi, Delf, de Bryuyne, Fernandino, Gyundogan (Bernardu Silva, 80), Sterling, Aguero, Gabriel Jyezus (Silva, 74).
Sauthempton – Forster, Soaresh (Makkuin, 87), Yosida, van Deyk, Xudt, Bertran, Xeyberg (Bufal, 64), Romeu, Lemina, Redmond, Long (Ostin, 83).
Ogohlantirishlar: Kompani (36), Long (66).

Chelsi – Suonsi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 55 Ryudiger.
Chelsi – Kurtua, Ryudiger, Kristensen, Keyxill, Dzappakosta (Mozes, 75), Fabregas, Kante, Alonso, Villian (Drinkuoter, 81), Pedro (Azar, 81), Morata.
Suonsi – Fabianski, Noton, van der Xorn, Mouson, Olsson, Ki Son Yen, Mesa (Makberni, 65), Kerroll, Sanshesh (Fer, 46), Boni, Ayyu (Rautledj, 84).
Ogohlantirish: Morata (90).

Stok Siti – Liverpul 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 17 Mane, 0:2 – 77 Saloh, 0:3 – 83 Saloh.
Stok Siti – Grant, Zuma, Shoukross, Martins Indi, Diuf, Fletcher (Adam, 85), Allen, Piters, Shakiri, Shupo-Moting (Xese, 74), Krauch.
Liverpul – Minole, Gomes, Matip, Lovren, Moreno, Jan, Veynaldum, Oksleyd-Chemberlen (Milner, 67), Firmino, Mane (Henderson, 89), Solanke (Saloh, 67).
Ogohlantirishlar: Minole (39), Jan (56), Veynaldum (63), Martins Indi (65), Oksleyd-Chemberlen (66), Mane (74).

Everton – Vest Hem 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 18 Runi, 2:0 – 28 Runi, 3:0 – 66 Runi, 4:0 – 78 Uilyams.
Everton – Pikford, Kenni, Xolgeyt, Uilyams, Martina, Devis, Guyye, Lennon (Lukman, 89), Runi (Baningime, 85), Sigurdsson, Kelvert-Lyuin (Vlashich, 90).
Vest Hem – Hart, Sabaleta, Rid (Rays, 77), Ogbonna, Kressuell, Obiang (Sako, 46), Arnautovich (Antonio, 62), Kuyate, Lansini, Masuaku, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Sabaleta (26), Sigurdsson (35), Devis (53).

Bornmut – Byornli 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 37 Vud, 0:2 – 65 Breydi, 1:2 – 79 King.
Bornmut – Begovich, Frensis, Kuk, Ake, Deniels, Ayb (Freyzer, 69), Serman, Arter (Kuk, 58), Pyu (Defo, 64), King, Uilson.
Byornli – Poup, Bardsli, Tarkovski, Mi, Uord, Gudmundsson, Defur (Vestvud, 75), Kork, Breydi, Xendrik (Barns, 86), Vud (Vouks, 90).
Ogohlantirish: Vouks (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid